TOTEMA

TOTEMA

Totema

Tarkibi

10 ml eritma saqlaydi

faol moddalar:

Temir

(temir glyukonati shaklida)                                                     50,00 mg

Marganets

(marganets glyukonati shaklida)                                             1,33 mg

Mis

(mis glyukonati shaklida)                                                        0,70 mg

yordamchi moddalar:

glitserin…..2520,00 mg

suyuq glyukoza…..80.00 mg

saxaroza……3000.00 mg

suvsiz limon kislotasi……27.40 mg

natriy sitrati digidrati …….30.00 mg

natriy benzoate………20,00 mg

polisorbat 80……..24.00 mg

karamel bo‘yovchisi TPS (Е 150s)…….50.00 mg

«Tutti frutti» xushbo’yi……..0.20 mg

tozalangan suv……10.00 ml gacha.

  Ta’rifi

To‘q-jigarrang, o‘ziga xos xarakterli hidga ega suyuqlik.

Chokindi holati bo’lishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi. Temir moddali preperat.

ATX kodi B03AЕ10

Farmakologik xususiyatlari

Kam qonlikga qarshi kompleks preparat.

Farmakodinamikasi

Temir gemoglobin, mioglobin va organizmning boshqa metalloproteinlarining tarkibiga kiruvchi gemning sintezi uchun kerak. Mis va marganets — temirning o‘zlashtirilishini yaxshilovchi, hamda organizmdagi asosiy oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi ferment tizimlarining tarkibiga kiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatdagi temirning so‘rilishi 30% darajada yuz beradi. So‘rilish darajasi temirning organizmdagi zahiralarining kamayishida oshadi. Temirning so‘rilishi eng avvalo o‘nikki barmoq ichak va och ichakning yuqori bo‘limida yuz beradi. Temir ichakning kipriksimon shilliq epiteliy hujayralarida faol fermentlarning borligi tufayli tutilib qoladi. Temirning bir qismi darxol qon oqimiga tushadi, boshqa qismi hususan ferritin ko‘rinishida shilliq hujayralarda to‘planadi va keyinchalik zaruratga ko‘ra plazmaga tushadi.

Preparat kursli qabul qilinganida, bu mikroelementlar tanqisligi chaqirgan kamqonlikning klinik va laborator belgilarini asta-sekin regressiyasi yuz beradi.

Qo‘llanilishi

— temir tanqisligi kamqonligini davolash.

— yuqori xavf  guruhidagi shaxslarda (homiladorlar, bolalar, o‘smirlar, reproduktiv yoshdagi ayollar, keksa odamlar), shuning temirni organizmga ovqat bilan etarli miqdorda tushmagan hollarda, temir tanqisligini oldini olish.

Qo‘llash  mumkin bo‘lmagan holatlar

— temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan kamqonliklar;

— gemoxromatoz, gemosideroz, talassemiya, refrakter anemiya; qizil qon o‘zagini susayishi chaqirgan anemiya;

— preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

— me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi.

— simob intoksikaciyasi

— 3 oylikgacha bo’lgan bolalar uchun

— mis va marganec intoksikaciyasi, Vilson –Konovalova kasalligi,

-Saharoza/ izomaltaza tanqisligi, fruktoza, glukozaga organizmdagi qarshilik.

Extiyotkorlik : qand kasalligi.

Homiladorlik va emizish davrida :

Homiladorlik va emizish davrida qollash mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatdan oldin peroral qabul qilish uchun.

Ampula ikki oxiridan sindiriladi, ampula ichidagisi stakanga quyiladi, oddiy yoki shirinlashtirilgan suvga yoki boshqa alkogolsiz ichimlikda suyultiriladi. Ampula ichidagisini u ochilgandan keyin 24 soat davomida iste’mol qilish kerak.

Davolash:

1 ampula 10 ml saqlaydi, bu 50 mg elementar temirga mos keladi.

· Kattalarga: 100-200 mg temir, ya’ni sutkada 2-4 ampula.

· 3 oylikdan katta va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5-7 mg/kg tana vazniga sukasiga 2-4 ampula qabulda.

· 3 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkada 45-60 mg, ya’ni 9-12 ml eritma 2-4 qabulda.

· O‘smirlar uchun sutkada 80-150 mg gacha, ya’ni 16-30 ml eritma 2-4 qabulda.

· Ayollarga homiladorlik davrida (profilaktik qo‘llash) sutkada 10 ml dan homiladorlikning II-III uchoyligi davomida.

Preparat qabul qilishning davomiyligi:  organizmdagi temirning zahiralari tiklangunicha, 3-6 oy  (gemotologik ko‘rsatkichlarni to‘g‘irlash uchun 1-2 oy va organizmda temir zahirasini tiklash uchun 2-4 oy yarim dozada).

Qllashdan oldin chayqatish lozim.

Nojo‘ya ta’sirlari

Allergik reaksiyalar, tish emalining qorayishi.

Me’da ichak buzilishi, Axlatning rangining qorayishi:

— ko‘ngil aynishi, diskomfort hissi, qabziyat, ich ketishi,qusish, jig’ildon qaynashi. Agarda qo’llanmada ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan nojo’ya ta’sirlari  sizda kuzatilsa darhol vrachga хabar qiling.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: gastralgiya, ko‘ngil aynishi, diareya.

Davolash: 1% ichimlik sodasi yordamida me’dani yuvish. Temirning qon zardobidagi konsentratsiyasi 5 mg/ml dan ko‘pga oshganida deferoksamin yuboriladi. Shok holati paydo bo‘lganida shokka qarshi davolash o‘tkaziladi.

Dorilarning ozaro tasiri

Totema ichga qabul qilinganida biofosfonatlar, siprofloksatsin, tetratsiklinlarning so‘rilishini pasayishiga olib keladi. Magniy, alyuminiy va kalsiy tuzlari temir tuzlarining so‘rilishini kamaytiradi. Totemani yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar qabul qilinganidan so‘ng kamida 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak. Preparatni boshqa temir preparatlari bilan, shu jumladan parenteral yuboriladiganlari bilan birga qo‘shish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni yaxshisi ovqat qabul qilishdan oldin qo‘llash kerak, ammo ovqat qabul qilish vaqti va dozalash preparatni shaxsiy o‘zlashtirishga qarab to‘g‘rilanishi mumkin. Totemani qabul qilishda choy va sut iste’mol qilishdan saqlanish lozim. Tish emalini qorayishidan saqlanish uchun, preparat eritmasini oqiz bo‘shliqida uzoq bo‘lishidan saqlanish lozim.

Tishni qora rangga bo‘yalishini, preparatni naycha yordamida qabul qilish orqali oldini olish mumkin. qandli diabeti bo‘lgan shaxslarda 10 ml preparat 3 g saxaroza saqlashini hisobga olish kerak. Axlatni qora rangga bo‘yalishi me’yor bo‘lib hisoblanadi.

Dori vositasini transport vositasini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi

Ta’sir qilmaydi.

Chiqarilish shakli va o‘rami

Ichish  uchun eritma, 10 ml dan preparat ikki tomonidan o‘tkirlangan,( ular engil sindiriladi) sariq III tur shisha ampulalarda. 10 ampuladan karton tutqichga joylanadi. 2 tutqich tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 

Saqlash sharoiti

250С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dori vositasini o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatish mumkin emas.

Dorixonalardan berilish tartibi

Retsept bilan. 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *